Eslatib o'tamiz, "ЖАРА" har yili o'tkaziladigan xalqaro musiqa festivali bo'lib, 2016-yilda ozarbayjonlik qo'shiqchi, musiqachi va tadbirkor Emin Agalarov tomonidan unga asos solingan. Festival ilk marotaba 2016-yilning 9-10-iyul kunlari Boku shahrida Kaspiy dengizi sohilidagi "Sea Breeze" dam olish maskanida o'tkazilgan. Keyingi yillarda tadbir Germaniya, Qozog'iston, Monako, BAA, Rossiya va Turkiyada bo'lib o'tgan.