Bu ko'rsatkich o'tgan yilning shu davriga (1,3 million kishi) nisbatan 2,2 barobar ko'pdir. Bu haqda O'zbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi xabar berdi.
Agentlik maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga eng koʻp sayyohlar qoʻshni davlatlardan kelgan: Qozogʻiston – 700 mingdan ortiq, Qirgʻiziston – 650 mingdan ortiq, Tojikiston – 630 mingdan ortiq kishi. To'rtinchi o'rinda Rossiyadan kelgan sayyohlar - 247 ming kishi. Birinchi o'ntalikka Turkiya, Janubiy Koreya, Germaniya, AQSh, Hindiston va Fransiyadan kelgan sayohatchilar ham kirgan.