Rasmiylar yangi marshrutni transport va savdo aloqalarini yaxshilashga qaratilgan katta rejaning bir qismi sifatida koʻrishmoqda. Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov, xususan, Turkiya va Ozarbayjon tomonidan faol ilgari surilayotgan Kavkazdagi yirik infratuzilma loyihasini qo'llab-quvvatladi. Gap Armanistonning Syunik viloyatidan o'tuvchi "Zangezur yo'lagi" haqida ketmoqda.
Vazir vazifasini bajaruvchining so'z bilan chiqishi 2-avgust kuni Toshkentda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston, Turkiya va Ozarbayjon oʻrtasidagi yangi formatdagi muloqot yigʻilishi doirasida boʻlib oʻtdi.