O'zbekiston poytaxtida 140 dan ortiq ishtirokchi (35 foizi ayollar va 65 foizi erkaklar), shu jumladan 12 davlat va 14 xalqaro tashkilot ekspertlari ochiqlik va oshkoralikni korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali mexanizmi, korrupsiya xavfini samarali baholashni shakllantirish, korruptsiyaga qarshi kurashda ta'limning roli kabi masalalarini muhokama qilishdi.
Ishtirokchilar turli mamlakatlar misolida korrupsiyaga qarshi islohotlarning mohiyati va xususiyatlariga to'xtalib o'tdilar. Mezbon tomonlar O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijalarini xalqaro hamjamiyat e'tiboriga havola etdi.
Tadbirning kutilayotgan natijasi ilg'or xalqaro tajribalar asosida korrupsiyaga qarshi kurash siyosati va yangi antikorrupsiya vositalarini ishlab chiqish bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.