Byerde xonim Prezident Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, yuqori martabali hukumat vakillari va Jahon banki tomonidan moliyalashtirilayotgan O'zbekistonda qishloq infratuzilmasini yaxshilashga ko'maklashayotgan loyihaning benefitsiarlari bilan uchrashdi.
Prezident Mirziyoyev bilan uchrashuvda Byerde xonim joriy yilning sentyabr oyida yubileyi nishonlangan O'zbekiston va Jahon banki o'rtasidagi 30 yillik hamkorlik yakunlarini muhokama qildi. Prezident Mirziyoyev va Byerde xonim, xususan, Jahon bankining moliyaviy va maslahat yordamini faollashtirish natijasida erishilgan yutuqlarni qayd etdi. Bir qator iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda ikki tomonlama strategik hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.
Byerde xonim O'zbekistonga tashrifi davomida Jizzax viloyatidagi Saroy qishlog'ida ham bo'lib, mahalliy aholi, o'quvchilar, ota-onalar va o'qituvchilar bilan uchrashdi. Saroy mamlakatimizning besh viloyatidagi (Andijon, Namangan, Farg'ona, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari) 306 chekka qishloqdan biri bo'lib, u Jahon banki va Osiyo infratuzilma investitsiya banki moliyaviy ko'magida hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan qishloq infratuzilmasini rivojlantirish loyihasidan foydalanmoqda.