2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida O'zbekiston va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 3,13 milliard AQSH dollarini tashkil etdi. Shunday qilib, o'tgan yilning shu davriga nisbatan o'sish 14,8 foizni tashkil etdi. Bu haqda Dushanbeda O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov va Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo'yicha maxsus vakili Terxi Xakala o'rtasidagi uchrashuvda ma'lum qilindi.
Uchrashuvda investitsiya, savdo, ilmiy-ta'lim, ekologiya, turizm va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirishning asosiy masalalari muhokama qilindi.
Joriy yilning 6-iyul kuni Bryussel shahrida O'zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o'rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to'g'risidagi bitimni paraflash marosimi bo'lib o'tdi. Yangi hujjat 1996-yilda imzolangan amaldagi Sheriklik va hamkorlik shartnomasi o'rniga ishlab chiqilgan bo'lib, ikki tomonlama hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan.
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri va Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo'yicha maxsus vakili Bitimni imkon qadar tezroq imzolash muhimligini ta'kidladi.
17-18 noyabr kunlari Samarqandda "Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo" vazirlari uchrashuvi, shuningdek, "Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo" munosabatlari bo'yicha birinchi mintaqaviy konferensiya bo'lib o'tadi. Samarqand konferensiyasi raqamli kommunikatsiyalarni takomillashtirish, transport tarmog'ini rivojlantirish, qishloq xo'jaligi va energetika kabi muhim masalalarni muhokama qilishga yordam berishi kutilmoqda.