17-oktabr kuni YeXHT Transmilliy tahdidlar departamenti YeXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori bilan yaqin hamkorlikda O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasida kursant va o'qituvchilar uchun bir qator vebinarlarning birinchisini Toshkentda tashkil etdi. Tashabbusning maqsadi akademiya talabalari va xodimlari o'rtasida zamonaviy politsiya faoliyatining asosiy yo'nalishlari va ishlanmalaridan xabardorlikni oshirishdan iborat.
Oktyabr oyi YeXHTning kiber xabardorlik oyligi boʻlgani uchun birinchi vebinar internetdan terroristik maqsadlarda foydalanishga qarshi kurashga qaratilgan mavzuda bo'ldi. Taqdimotga bir YeXHT eksperti va bir nafar milliy ekspert moderatorlik qildi.
Ishtirokchilar Markaziy Osiyo mintaqasidagi hozirgi raqamli zo'ravonlik ekstremistik ekotizimini va u yuzaga keltirishi mumkin bo'lgan xavf-xatarlarni yaxshiroq tushunishdi. Shuningdek, ma'ruzachilar inson huquqlarini hisobga olgan holda ushbu muammolarga qanday samarali javob berish haqida so'z yuritdilar va bu boradagi aniq amaliy yondashuvlar, jumladan, tartibga solish, nazorat qilish, muloqot va davlat-xususiy sheriklik masalalariga to'xtalib o'tdilar.
Tadbirda 120 dan ortiq kursant va o'qituvchilar ishtirok etdi. Akademiya boshlig'i o'rinbosari Nig'matov Ruftullo biz moslashish va uzluksiz o'rganishni talab qiluvchi tez o'zgaruvchan dunyoda yashayotganimizni ta'kidladi. Yosh militsiya kursantlarini politsiya faoliyatining zamonaviy tendensiyalari bo'yicha o'rgatish O'zbekiston huquq-tartibot idoralari o'zlari xizmat qilayotgan jamiyatlarning ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlariga hamnafas bo'lishlari uchun muhim ahamiyatga ega.