Jahon banki O'zbekiston "misli ko'rilmagan iqtisodiy va ijtimoiy o'zgarishlarni" boshidan kechirayotganini aytdi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligida so'zga chiqqanlar ham tezkorlik bilan faktlarni aytib o'tishdi: O'zbekiston ayni paytda "Elektron hukumat" reytingida dunyoda to'qqizinchi o'rinni egallab, o'tgan yilga nisbatan 18 pog'ona yuqoriga ko'tarildi va mamlakat bundan ham yuqori pog'onaga ko'tarilishi kutilmoqda. Elektron hukumatni takomillashtirish tizimli korruptsiya muammolaridan aziyat chekayotgan mamlakatda shaffoflikni oshirishga ham yordam beradi.
O'zbekistonning yangi IT infratuzilmasidagi asosiy tuguni uning "IT Park"idir, chunki AKTni rivojlantirish vazirligi salohiyatli texnik xodimlar uchun jozibador muhit yaratishga intilmoqda. Toshkent texnoparki IT-biznesni O'zbekistonga ko'chirmoqchi bo'lganlarni rag'batlantirishning asosiy qismidir. IT-sohasi xodimlariga beriladigan IT-vizasi ham ularga O'zbekiston fuqarolari bilan deyarli bir xil huquqlarni taqdim etib, ko'chmas mulk sotib olish imkonini beradi.