O'zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Fransiyaga bo'ladi
2022-yil 18-noyabr, Toshkent

wikipedia.org - Iiv.uz - CC BY 4.0
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 21-22-noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Fransiyada bo'ladi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.
Tashrif dasturidan Parijda oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar, Milliy assambleya, Fransiya parlamenti quyi palatasida uchrashuvlar, shuningdek, Fransiyaning yetakchi kompaniyalari va banklari rahbarlari ishtirokidagi ishbilarmonlik tadbirlari o'rin olgan.

Kun tartibidan konstruktiv siyosiy muloqotni yanada rivojlantirish, koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish, birinchi navbatda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida investisiya loyihalarini amalga oshirish, faol gumanitar va taʼlim almashinuvini davom ettirish masalalari oʻrin olgan.

Natijada 10 dan ortiq muhim ikki tomonlama hujjatlar, shuningdek, investisiya shartnomalari va savdo shartnomalari paketlarini qabul qilish rejalashtirilgan.

Tashrif kunlari Fransiya poytaxtidagi Luvr va Arab dunyosi institutida O'zbekistonning eng boy madaniy-tarixiy merosiga oid noyob ko'rgazmalar ochiladi.

Bundan tashqari, shu kunlarda Parijda MEDEF (Fransiya tadbirkorlar harakati) ko'magida tashkil etilgan biznes-forum bo'lib o'tmoqda.