O'zbekiston 2022-yilda tarvuz eksporti bo'yicha yangi rekord o'rnatdi
2022-yil 1-dekabr, Toshkent

O'zbekiston 2022-yilda rekord miqdorda tarvuz eksport qildi, shu bilan o'tgan yilgi natija deyarli ikki barobarga oshgan.
O'sish asosan Qozog'istonga eksport hajmining deyarli ikki baravarga oshishi va Tojikiston va Qirg'izistonga eksportning bir necha barobar ortishi hisobiga mumkin bo'ldi, deb ta'kidlaydi EastFruit ekspertlari.

Bu yil O'zbekistondan tarvuz eksport qilish mavsumi 15-20 may kunlari, ya'ni o'tgan yilgi bilan bir vaqtda boshlandi. Statistik maʼlumotlarga koʻra, 2022-yilning noyabr oyining ikkinchi yarmida eksport deyarli amalga oshirilmagan, bu esa Oʻzbekistondan tarvuz eksporti mavsumi yakunlanganini bildiradi.

Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, 2022-yilning may-noyabr oylarida O'zbekiston 18,1 million dollarlik 81,8 ming tonna tarvuz eksport qilgan, bu fizik jihatdan 2021-yilning shu davriga nisbatan 1,9 barobar, 2020-yilning shu davriga nisbatan esa 1,7 barobar ko'pdir.