O'zbekiston quyosh energiyasi yordamida "yashil kelajak"ga yo'l ochmoqda
2022-yil 21-dekabr, Toshkent

O'zbekiston o'z oldiga 2030-yilgacha elektr energiyasining 30 foizini qayta tiklanadigan energiya manbalaridan ishlab chiqarishni ulkan maqsad qilib qo'ygan.
Quyosh energiyasidan foydalanish ushbu rejani amalga oshirish omillaridan biridir. O'zbekistonda yiliga o'rtacha 330 kun quyoshli bo'lib, quyosh energiyasidan foydalanish imkoniyatlari juda katta.

Bugungi kunda keng ko'lamli quyosh energiyasi loyihalari mamlakatimizga xalqaro xususiy investorlarni jalb qilmoqda. Masalan, Fransiyaning Total Eren kompaniyasi O'zbekistonda birinchi quyosh elektr stansiyalaridan birini yaratdi.

2022-yil iyul oyida ishga tushirilgan Tutli quyosh fermasi Samarqand shahridan qariyb yuz kilometr g'arbda joylashgan. 131 MVt quvvatga ega u yiliga qariyb 270 ming kVt/soat quvvat ishlab chiqaradi, bu esa 140 ming xonadonning ehtiyojlarini qondirishga yetadi.