O'zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari importi oshdi
2023-yil 6-yanvar, Toshkent

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida O'zbekistonga dunyoning 109 ta davlatidan 3,2 milliard dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari import qilindi, deya xabar beradi Davlat statistika qo'mitasi.
Qo'mita ma'lumotlariga ko'ra, bu ko'rsatkich o'tgan yilning shu davriga nisbatan 38,6 foizga oshgan.

O'zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida qariyb 50 milliard dollarni tashkil etdi.
2022-yilda O'zbekiston eng ko'p oziq-ovqat import qilgan davlatlar:

  • Qozog'iston – 36,6 foiz;
  • Rossiya - 24,1 foiz;
  • Braziliya - 13,9 foiz;
  • Belarusiya - 4,2 foiz;
  • Pokiston - 1,8 foiz;
  • Ekvador, 1,6 foiz;
  • Hindiston - 1,6 foiz;
  • Xitoy - 1,4 foiz;
  • Turkiya - 1,4 foiz;
  • Indoneziya - 1,4 foiz;
  • Boshqa mamlakatlar - 12 foiz.