YeTTB O'zbekistonga rekord darajadagi 900 million dollar sarmoya kiritadi
2023-yil 26-yanvar, London

2022-yilda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) O'zbekistondagi 26 ta loyihaga qariyb 900 million dollar (839 million yevro) sarmoya kiritdi.
Bu esa Toshkentni ketma-ket uchinchi yil Markaziy Osiyoda yetakchi mablag' oluvchiga aylantirdi. Qayta tiklanadigan energetikadan tortib bank sohasiga sarmoya kiritildi.

Mamlakatga yillik sarmoya kiritish bo'yicha avvalgi rekord 2021-yilda 690 million dollarni tashkil etgan edi.

YeTTB xorijiy sarmoyadorlar va islohotlarni olg'a surayotgan davlat organlari o'rtasidagi muloqot uchun forum bo'ladigan Xorijiy investorlar kengashining birinchi yalpi majlisini o'tkazish orqali O'zbekistondagi investitsiya muhitini yaxshilash bo'yicha ishlarni davom ettirdi.

2023-yil boshida Parij kelishuviga toʻliq qoʻshilgan YeTTB Oʻzbekistonning yashil iqtisodiyotga oʻtishini qoʻllab-quvvatlashda davom etdi. YeTTB Buxoro viloyatida umumiy oʻrnatilgan quvvati 1 GVt boʻlgan ikkita shamol elektr stansiyasini qurish va ishga tushirishga koʻmaklashish uchun umumiy qiymati 520 million AQSh dollari boʻlgan ikkita sindikatlashtirilgan kredit ajratdi.

Bu moliyalashtirish YeTTBning o'z mintaqalaridagi qayta tiklanadigan energiya manbalari bo'yicha bugungi kungacha bo'lgan eng yirik loyihasidir.