Memorandum O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Ozarbayjon Iqtisodiyot vazirligi ko'magida Eksport va investitsiyalarni qo'llab-quvvatlash agentligi (AZPROMO) tomonidan Toshkent shahrida o'tkazilgan I-O'zbekiston-Ozarbayjon hududlararo forumi doirasida imzolandi.
Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, memorandum Oʻzbekistonda ochilgan oltin konlarini qidirish va oʻzlashtirish sohasida qoʻshma hamkorlikni yoʻlga qoʻyishni nazarda tutadi. Hujjatni "AzerGold" kompaniyasi boshqaruvi raisi Zokir Ibragimov va konchilik va geologiya vaziri o'rinbosari A'zam Qodirxo'jayev imzoladi.