AQSh Davlat kotibi Blinken O'zbekistondagi maktab o'quvchilari bilan ingliz tilida suhbatlashdi
2023-yil 1-mart, Toshkent

AQShning Toshkentdagi elchixonasi
2023-yilning 1-mart kuni AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken AQShning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan amalga oshiralayotgan "Ingliz tilini o'rganish uchun mikrostipendiya (Access) dasturi" doirasida ingliz tilini o'rganayotgan bir guruh o'rta maktab o'quvchilari bilan uchrashdi.
2022-yil noyabr oyida O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universitetida (O'DJTU) ochilgan ikki yillik Access dasturi kam ta'minlangan oilalardagi zukko o'quvchilarga maktabdan keyingi darslar va yozgi intensiv mashg'ulotlar orqali ularning ingliz tilini takomillashtiradi va Qo'shma Shtatlar haqidagi bilimlarini oshiradi.

Davlar kotibi Blinken 14-16 yoshdagi 12 nafar o'quvchilar bilan uchrashib, ularning AQSh bayramlari, Prezident kuni haqida o'rganganlarini hamda sevimli filmlari, taomlari va sevimli mashg'ulotlari haqidagi savollarga javob berish qobiliyatlari bilan tanishdi.

Davlat kotibi Blinkenning UWLga tashrifi AQSh hukumatining O'zbekistonda ingliz tilini o'qitish va o'rganishni yaxshilashga bo'lgan ulkan sa'y-harakatlarining bir qismini namoyish etdi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning ingliz tilini oʻrganish va uzoq muddatli iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirish borasidagi islohotlariga muvofiq, 2018-yildan buyon AQSh hukumati Oʻzbekistonda ingliz tilini oʻqitish va oʻrganishga 25 million dollardan ortiq sarmoya kiritdi.