O'zbekiston Ozarbayjonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar tajribasini o'rganishdan manfaatdor
2023-yil 6-mart, Boku

"AzerGold" YoAJ raisi oʻrinbosari Xayyom Farzaliyev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligining Strategik korxonalarni transformatsiya qilishni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi Mansurxoʻjay Yusupxoʻjayev boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deya kompaniyaga tayanib "Azernews"xabar bermoqda.
Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi. Delegatsiya O'zbekiston Ozarbayjonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar tajribasi bilan yaqindan tanishishdan manfaatdor ekanini ta'kidladi.

O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat soliq qo'mitasining Yirik soliq to'lovchilar bilan ishlash bo'yicha hududlararo inspeksiyasi boshlig'i Feruz Ahmedov O'zbekistonda amalga oshirilayotgan soliq islohotlari, ularning tadbirkorlik, ayniqsa, sanoat rivojiga ta'siri haqida gapirdi.

Soʻngra ikki davlat oʻrtasida togʻ-kon sanoatiga sarmoya jalb etish boʻyicha soliq qonunchiligi sohasida maʼlumotlar almashildi, mehmonlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi. Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.