Yakshanba kuni Tehronda tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov va O'zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamovdan iborat O'zbekiston muzokarachilari guruhi Eron yo'llar va shaharsozlik vaziri Mehrdod Bazrpash bilan uchrashuv o'tkazdi, deb АКИpress IRNA agentligiga tayanib xabar bermoqda.
Bu uchrashuvda Bazrpash tranzit sohasini ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikning muhim va strategik yoʻnalishlaridan biri sifatida koʻrsatib, Eron va Oʻzbekiston multimodal transport va tranzit aloqalarini rivojlantirishda katta salohiyatga ega ekanligini taʼkidladi.
Bazrpash O'zbekistonning Chabahor kelishuviga qo'shilish haqidagi so'rovi qabul qilinganini ma'lum qildi.
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Eron bilan o'tgan yili erishilgan kelishuvdan mamnunligini bildirib, transport va logistika ikki davlat o'rtasidagi iqtisodiy aloqalarning asosiy tayanchi ekanligini ta'kidladi.
Saidov Eron va Oʻzbekiston oʻrtasida yuk tashish hajmi sezilarli darajada oshganini taʼkidladi.
Uchrashuvda tomonlar ikki davlat yuk avtomobillari haydovchilari uchun tariflarni pasaytirish va tranzit shartlarini soddalashtirish orqali temir yo'l va avtomobil tashish jarayonini osonlashtirishga kelishib oldilar.