O'zbekiston va Shvetsiya parlamentlararo hamkorlikni faollashtirish imkoniyatlarini ko'rib chiqishmoqda
2023-yil 25-mart, Stokgolm

Shvetsiya parlamenti spikeri Andreas Norlenning taklifiga binoan O'zbekiston, Islandiya, Slovakiya va Ekvador diplomatik vakolatxonalari rahbarlari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Tomonlar parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashildi.

O'zbekiston Respublikasining Shvetsiyadagi Muvaqqat ishlar vakili Nodir G'aniyev va Spiker Andreas Norlen o'rtasida muzokaralar bo'lib o'tdi.

Diplomatik missiya rahbari O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli demokratik va konstitutsiyaviy islohotlar, jumladan, aprel oyida bo'lib o'tadigan Konstitutsiyaga o'zgartirishlar kiritish bo'yicha referendum haqida gapirdi.

Tomonlar O'zbekiston va Shvetsiya parlamentlari o'rtasida parlament almashinuvini kuchaytirish bo'yicha takliflarni ham ko'rib chiqdilar.