The Times: O'zbekiston "ajoyib dam olish maskanlari" TOP-5ligiga kirdi
2021 yil 2 oktyabr | London

Britaniyaning The Times gazetasi O'zbekistonni an'anaviy "ajoyib dam olish joylari" ro'yxatining birinchi beshligiga kiritdi.
Maqolada mamlakatning qadimiy me'morchiligi, shuningdek, Toshkentdagi sovet davridagi ko'plab muzey va inshootlar haqida so'z boradi.

Nashr O'zbekistonga sayohatni ta'riflab, shunday yozadi: "Ipak yo'li romantikasi jahon andozalari me'morchiligiga singib ketgan va vizasiz sayohat tufayli mamlakat yozgi dam olish uchun muqobil joy sifatida rivojlanmoqda. Bu yerda tomosha qilish uchun ko'p narsalar bor, shu jumladan muzeylar va sovetlar davridagi binolarga boy Toshkent, qudratli Temurning oldingi zarhal poytaxti bo'lmish Samarqand, u yerda ko'k plitalar bilan o'ralgan Registon masjidlari dunyo mo'jizalaridan biri hisoblanadi. Buyuk Ipak yo'li bo'ylab g'arbdan cho'l rangiga mos keluvchi soyali ko'chalarga ega Buxoro. Xivaning esa 1500 yillik islomiy me'morchiligi shu qadar yaxshi saqlanib qolganki, u osonlikcha blokbasterning foniga aylanishi mumkin".