Jurova Olimpiya o'yinlariga "siyosatdan toza" alternativa yaratishga chaqirdi
2021 yil 3 noyabr | Moskva

Doping, Olimpiada oʻyinlariga alternativa va Rossiya bayrogʻining qaytarilishi – Rossiya Federatsiyasi sportchilari MOQ rahbarlarining Toshkentda boʻlib oʻtadigan sammit doirasida muhokama etilishi muhim boʻlgan masalalarni sanab oʻtishdi.
O'zbekiston poytaxtida 2-noyabr, seshanba kuni MDH, Boltiqbo'yi davlatlari va Gruziya milliy olimpiya qo'mitalari rahbarlarining mintaqaviy forumi boshlandi. Tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad tajriba almashish, rejalarni muhokama qilish va Olimpiya harakatini rivojlantirishdan iborat. Voqeani sharhlar ekan, Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov shunday dedi.
Bugungi kunda postsovet hududidagi barcha mamlakatlarni birlashtiruvchi maydonlar ko'p emas. Ularning orasida chinakam hamfikrlik va hamkorlik muhiti hukm surayotganlari undan ham kam. Quvonarlisi, MOQ rahbarlari forumi aynan shunday hamkorlik formatlariga taalluqlidir va bugun, 2020-yildagi majburiy tanaffusdan so'ng biz Toshkentda uchrashganimizdan cheksiz xursandman. Muloqot samimiy va munozaralar samarali bo'lishiga chin dildan umid qilaman, chunki pirovardida hamma narsa umumiy maqsadga – o'zgaruvchan dunyoda olimpizm tamoyillari va ideallarini targ'ib qilishga bo'ysunadi.
Otabek Umarov
Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti
iReactor tahririyati ushbu masala yuzasidan taniqli Olimpiya chempioni va siyosatchi Svetlana Jurova bilan bog'landi. Sportchi ushbu sammit doirasida qanday masalalarni ko'tarish muhimligini aytdi.
Bugungi kunda eng dolzarb va eng muammolisi dopingga qarshi kurashdir. Uning ishlatilishi qabul qilinishi mumkin emas. Bu juda muhim ekanini barcha davlatlar tushunadi. Shuningdek, MDH mamlakatlari MOQlari doirasidagi o'zaro hamkorlik masalasini muhokama qilish muhim. Bizga rossiyalik sportchilar yuqori raqobat tufayli boshqa postsovet mamlakatlari uchun kurashga jo'nab ketishlari yoki aksincha, MDH davlatlari sportchilari Rossiya uchun kurashga kelishlari holatlarini ko'p bilamiz. Yaxshi yoki yomonligi – muhokama qilinadigan masala.
Svetlana Jurova
Olimpiya chempioni va siyosatchi
Svetlana Jurova tomonidan aytilgan yana bir mavzu - Olimpiya o'yinlariga muqobil musobaqa yaratish. Siyosatchining fikricha, sport siyosatdan toza bo'lishi kerak va hozirgi sport tadbirlari doirasida buning iloji yo'q.
Men tan olamanki, dunyoda sodir bo'layotgan bu sanksiya va tushunmovchiliklar bilan ular faqat do'st davlatlar bo'ladigan yangi platformani o'ylab topishlari mumkin. Samimiy va faqat sport haqida. Raqobatni toza va siyosatdan xoli saqlash.
Svetlana Jurova
Olimpiya chempioni va siyosatchi
Olimpiada chempioni Svetlana Xorkina iReactor nashriga bergan intervyusida bu fikr bilan roziligini bildirdi. Uning ishonchi komilki, Rossiyaga do'st davlatlar uni halol sport uchun kurashda qo'llab-quvvatlashi va davlat bayrog'ini ko'tarish taqiqlangani bilan bog'liq har qanday davlatga nisbatan sanksiyalar qo'llanilishiga yo'l qo'ymaslik bo'yicha qo'shma taklif bilan chiqishlari kerak.
Eng muhimi, mamlakatimizga o'z bayrog'i ostida chiqish huquqini qaytarishsin. Va men hamkasblarimiz va do'stlarimizning bu masalada Rossiyani qo'llab-quvvatlashlrini juda xohlayman. Umid qilamanki, ushbu forum Olimpiya qo'mitasi prezidentiga to'g'ri takliflarni yetkazishga yordam beradi – hech bir davlatni o'z bayrog'i va madhiyasidan mahrum qilib bo'lmaydi. Bu sportchilar uchun juda qadrli. Sportning siyosiy rangi yo'q! Bunday sanksiyalar qo'llanilmasligi kerak.
Svetlana Xorkina
Olimpiada chempioni
Sportchining fikricha, bugungi kunda sport sohasida o'zaro hamkorlik qilish, texnologiyalar, tajriba va yutuqlar almashish juda muhim. Shunday qilib, 2021 yil 27 noyabr kuni Rossiyada Moskva gimnastradasi bo'lib o'tadi, unda jahon sporti yulduzlari, balet va Olimpiya chempionlari ishtirok etadilar. Svetlana Xorkina ushbu tajribani boshqa mamlakatlar bilan baham ko'rishga tayyor.
Agar meni O'zbekistonga shunday shou yaratish maqsadida taklif qilishsa, xursand bo'lardim. O'zbek sportiga bu dunyoning qudratli vakillarini biriktirardim. Men bundan faqat xursand bo'lardim. Ommaboplashtirish va jalb qilish har doim muhimdir. Bu yutuqlarimizni namoyish etish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Svetlana Xorkina
Olimpiada chempioni
O'zbekistonda sport

Markaziy Osiyo respublikasi sportni rivojlantirish sohasida faol ish olib bormoqda, – deydi Svetlana Jurova. Olimpiada chempionining so'zlariga ko'ra, pandemiya sharoitida bu ayniqsa muhim, shuning uchun boshqa davlatlar ham bundan o'rnak olishlari kerak.
Men tan olamanki, dunyoda sodir bo'layotgan bu sanksiya va tushunmovchiliklar bilan ular faqat do'st davlatlar bo'ladigan yangi platformani o'ylab topishlari mumkin. Samimiy va faqat sport haqida. Raqobatni toza va siyosatdan xoli saqlash.
Svetlana Jurova
Olimpiya chempioni va siyosatchi
Shuningdek, Svetlana Xorkina O'zbekiston erishayotgan yuksak yutuqlarni belgilab o'tdi. U jahon sportining "fenomeniga" aylangan mashhur sportchilarning nomlarini sanab o'tdi.
O'zbekistonda fenomenlar bor. Masalan, Oksana Chusovitina. U mening ajoyib do'stim, biz uzoq 1991 yilda tanishganmiz. Hozir u sportga qaydi va kelasi yili Osiyo o'yinlarida ishtirok etadi. Boshqa yigitlar ham ko'p. O'zbekistonning ko'plab mashhur sportchilarini, buyuk murabbiy Irina Vinerni bilamiz. Zaripova familiyasi esa umuman alohida hikoya. O'zbekiston iqtidorli sportchilar makoni, deb o'ylayman.
Svetlana Xorkina
Olimpiada chempioni