Oktyabr oyida Sankt-Peterburgda hayvonlar huquqlari bo'yicha II Rossiya konferensiyasi bo'lib o'tdi, unda mamlakatning 22 shahridan faollar va xorijlik ekspertlar qatnashishdi. O'zbekistonlik mehmon, respublikamizda hayvonlarni muhofaza qilish sohasida chinakam yutuq yaratayotgan "Mehr va Oqibat" tashkiloti ijroiya qo'mitasi raisi Timur Oripov ham ma'ruza qildi. "Biz tarix yozmoqdamiz", deydi uning o'zi.
Timur uy hayvonlari va uysiz hayvonlarni himoya qilishda manzilli yordam berishdan boshlagan bo'lsa, endi u yangi qonunlarni ishlab chiqish va targ'ib qilish orqali tizimli o'zgarishlarni izlamoqda. Xususiy hayvonot bog'laridan hayvonlarni qutqarish, mamlakatning 11ta xalqaro aeroportida uy hayvonlarini xavfsiz tashish bo'yicha yangi qoidalarni joriy qilish, maktablarda mehr va rahm-shafqat haqida suhbatlar olib boorish tashkil etish, sirklarda hayvonlar ekspluatatsiyasiga qarshi harakatlarni qo'llab-quvvatlash tadbirlari tashkil etish, masjidlardagi juma ma'ruzalarida hayvonlarga insoniy munosabatda bo'lishga chaqrish, estrada yulduzlari va madaniyat arboblari ishtirokidagi ijtimoiy loyiha — shularning barchasini Timur amalga oshirgan.
2013 yildan boshlab faol jamoatchi hayvonlarning qonuniy himoyasiga jiddiy yondashgan. 2017-yilda u hamfikrlari bilan birgalikda Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga o'zgartirishlar kiritish to'g'risidagi qonun loyihasini ishlab chiqishga kirishgan va 2019-yilning may oyida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev uni imzolagan. Ikki yil o'tgach, hayvonlarga nisbatan shafqatsizlikni jinoiy javobgarlikka tortuvchi ikkinchi qonun qabul qilindi.