Rossiya Federatsiyasi Oʻzbekistonning Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotiga qaytish boʻyicha har qanday qadamlarini olqishlaydi, dedi "RIA Novosti"ga bergan intervyusida Rossiya Federatsiyasining KXShTdagi maxsus topshiriqlar boʻyicha elchisi, doimiy vakili Mikael Agasandyan.
O'zbekiston 2012-yilning dekabrida KXShTdagi ishtirokini to'xtatgan edi. Hozir tashkilotga Armaniston, Belarus, Qozog'iston, Qirg'iziston, Rossiya va Tojikiston kiradi. Avvalroq Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O'zbekiston rasmiylari hozirda KXShTga qaytish zaruriyatini ko'rmayotgani, Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari bilan birgalikda terrorchilik tahdidlarini aniq belgilashni muhim vazifa deb bilishini aytgandi.