Mirziyoyev: Qozog'istondagi voqealar O'zbekistonda takrorlanmaydi
2022 yil 14 yanvar | Moskva

O'zbekiston Prezidentining so'zlariga ko'ra, mamlakat "har qanday tahdidga munosib javob berish uchun zarur salohiyat va kuchga ega".
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog'istondagi yaqin kunlarda sodir bo'lgan ommaviy tartibsizliklarga o'xshash voqealar uning mamlakatida ham takrorlanishi mumkinligi haqidagi fikrlarni asossiz deb bilishini aytdi. Bu haqida O'zbekiston davlat rahbari payshanba kuni mamlakat Xavfsizlik kengashi yig'ilishida so'zlagan nutqida ma'lum qildi, deb yozadi "TASS".

" Kuni kecha ba'zi davlat rahbarlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Qozog'istonda bo'lib o'tgan voqealardan saboq chiqarishi lozimligi haqida asossiz bayonot berildi", — dedi Mirziyoyevning soʻzlaridan iqtibos keltirgan holda prezident matbuot xizmati.

"Biz mintaqadagi vaziyatni, xavfsizlikka bo'lgan barcha xavf-xatarlarni diqqat bilan kuzatib boryapmiz. Har qanday tahdidga nisbatan munosib javob qaytarish va zarba berish uchun biz yetarli kuch va salohiyatga egamiz, – dedi davlat rahbari.

10 yanvar kuni KXShT Kollektiv xavfsizlik kengashining navbatdan tashqari yig'ilishida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Qozog'istondagi voqealardan saboq olinmasa, O'zbekistonda ham bu holat takrorlanishi mumkin, degan fikrni bildirdi. Belarus prezidentining soʻzlariga koʻra, qoʻlida boʻlgan maʼlumotlarga koʻra, "to'polon tashkilotchilarining nigohi, jumladan, O'zbekistonga qaratilgan".