OCCRP O'zbekiston bo'yicha tergov olib borish bilan Rossiyani Ukrainadan chalg'itmoqchi
2022 yil 16 fevral | Moskva

Korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikni o'rganish markazi (OCCRP) bu safar O'zbekistonga qarshi yangi tergov tayyorlamoqda. Hozirgi geosiyosiy sharoitda AQSh Markaziy Osiyoga hujum qilish orqali Rossiya e'tiborini Ukrainadan chalg'itmoqchi, deb hisoblaydi siyosatshunos Andrey Koshkin.
AQSh Davlat departamenti va Soros jamg'armasi homiylik qilgan va ilhomlantirgan mashhur OCCRP Markaziy Osiyoga hujum qilmoqda. O'tgan hafta Qirg'iziston hukumatiga qarshi tergov, so'ngra O'zbekiston prezidenti jamoasi va respublikaning tayanch korxonalariga hujum uyushtirilishi haqidagi ma'lumotlar e'lon qilingan edi. Bu haqda Eadaily'ga prezident Mirziyoyev ma'muriyatidagi manba ma'lum qildi.

Harbiy siyosatshunos Andrey Koshkinning ishonchi komilki, hozirgi geosiyosiy vaziyat va Rossiya va G'arb o'rtasidagi keskinlik kuchayib borayotgan bir paytda amerikaliklar eski quroldan foydalanib, Moskvani Ukrainadagi voqealardan chalg'itmoqchi.
Mana shunday og'ir vaziyatda bunday buzg'unchi tekshiruvlar, bir tomondan, Ukraina atrofida sodir bo'layotgan voqealardan e'tiborni chalg'itib qo'ysa, ikkinchi tomondan, Markaziy Osiyo mintaqasida va bevosita O'zbekistonda vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan jiddiy urinishlardir.
Andrey Koshkin
Harbiy siyosatshunos
G'arb Markaziy Osiyoga qarshi axborot urushi uyushtirish niyatida ekani haqidagi ma'lumotlar bugun ertalab Rossiya manbalarida ham paydo bo'ldi. OCCRP tashkilotining ismi sir qolishini istagan xodimi "Katarsis" Telegram-kanaliga habar berishicha, hujumdan maqsad -mintaqadagi vaziyatni beqarorlashtirish, Markaziy Osiyo respublikalari elitasini obro'sizlantirish ekanini aytdi. Keyin esa Qozog'istondagi kabi norozilik ommani larzaga keltirish va odamlarni ko'chaga olib chiqish.

"Biz Nur-Sulton va Bishkekga zarba berib bo'ldik, keyingi o'rinda Toshkent turibdi. Bizda prezidentning yaqin atrofidagi amaldorlar haqida har xil mish-mishlar to'planib qolgan, tez orada kontentni chiqara boshlaymiz. Masalan, Shovozsoy qarorgohi haqidagi eski safsatalarni ham olaylik – albatta, bu mutlaqo bema'nilik, lekin bu ko'pchilikka ta'sir qiladi", – deya manbadan iqtibos keltirdi "Katarsis" Telegram-kanali.

Biroq, bu g'oyaning barchasi qisqa muddatli maqsadni ko'zlaydi, bu haqda siyosatshunos Koshkin bizga so'zlab berdi. Darhaqiqat, OCCRP g'oyasiga ko'ra, Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlariga zarba berish G'arbga Moskvani Ukrainadan chalg'itishga imkon beradi. Buning uchun barcha vositalar yaxshi:

"Biz moskvaliklarni Ukrainadan chalg'itish uchun Osiyo xonliklarini Kremldan yulib tashlab, YeOII va KXShTga zarba beramiz. Agar buning uchun Olmaota yoki Toshkentni "yoqish" kerak bo'lsa, mayli, uni yoqib yuboramiz", – deya o'z boshlig'idan iqtibos keltiradi tashkilot xodimi.

E'tiborlisi, OCCRPning Markaziy Osiyo bo'yicha mas'ul kuratori jurnalist Matvey Kupferdir. Tashkilot saytida yozilishicha, muharrirning faoliyati Kiyev bilan chambarchas bog'liq.