Rossiya O'zbekiston-Xitoy vaksinasini tan oladi
2021 yil 21 dekabr | Moskva

Rossiyalik siyosatchilarning xorijiy vaksinalarni tan olish zarurligi haqidagi bayonotlariga javoban O'zbekiston innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov global muammoni faqat xalqaro hamkorlik orqali hal qilish mumkinligini aytdi.
Noyabr oyi so'nggida Rossiya prezidenti Vladimir Putin ilk marotaba COVID-19 vaksinalarining o'zaro tan olinishi nafaqat virus tarqalishiga qarshi samaraliroq kurashish, balki global biznes va turizm faoliyatini qayta tiklashga yordam berishini aytdi.
Butun dunyo hamjamiyatining harakatlarini muvofiqlashtirish orqaligina koronavirus pandemiyasiga qarshi samarali kurashish mumkin. Men vaksinalar va emlash sertifikatlarining o'zaro tan olinishi, sayyoramizning barcha hududlari uchun emlanish imkoniyatlarinig mavjudligi, koronavirusga qarshi yangi dorilar ustida birgalikda ishlashni nazarda tutyapman.
Vladimir Putin
Rossiya prezidenti
Senator Vladimir Jabarov va epidemiolog Gennadiy Onishchenko prezident bilan hamfikrligini bildirshdi. Bosh vazir oʻrinbosari Tatyana Golikovaning matbuot xizmati vaksinalarni oʻzaro tan olish masalasi allaqachon kun tartibida ekanligini tasdiqladi.

Rossiya birinchilardan bo'lib koronavirusga qarshi vaksinani yaratdi. Uning ortidan 2020-yilda O'zbekiston Xitoy bilan hamkorlikda preparatni joriy qila boshladi. Hozir respublikada ham O'zbekiston-Xitoy vaksinasi, ham Rossiyaning Sputnik vaksinasi bilan faol emlashmoqda. Xorijiy vaksinaning Rossiya Federatsiyasi tomonidan tan olinishi ikki davlatda iqtisodiy tiklanish va ishbilarmonlik faolligini tiklash yo'lidagi muhim qadam bo'ladi.

Hozirgi vaziyatni REGNUM muxbiriga sharhlar ekan, O'zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov quyidagilarni ta'kidladi
Vaksinalar va sertifikatlarning o'zaro tan olinishi, aslida, pandemiya hukm surayotgan dunyoda inqirozdan chiqishning yagona muqobil bo'lmagan va maqbul yo'lidir. Hech bir farmasevtika kompaniyasi insoniyatni zarur miqdorda mavjud vaksinalar bilan bir o'zi ta'minlay olmasligi aniq, demak, kelajak xalqaro hamkorlik va sheriklikdadir. Global muammoni faqat global sa'y-harakatlargina hal qilishi mumkin, O'zbekistonning unga nisbatan yondashuvi mutanosib va pragmatikdir. Biz o'zining samaradorligi va xavfsizligini isbotlagan ZF-UZ-VAC2001 preparatini Rossiya siyosiy rahbarlarining yaqin vaqt ichida tan olish zarurligi haqidagi bayonotlarini mamnuniyat bilan qabul qilamiz.
Ibrohim Abdurahmonov
O'zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri
Avvalroq Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov hozirda emlash aktlarini o'zaro tan olish bo'yicha ishlar faol davom etayotgani, Kreml ijobiy natijaga umid qilayotganini ma'lum qilgandi. Biroq, Rossiya G'arb davlatlarining xuddi shunday yo'l tutishini va rus Sputnik-V bilan emlanganlarga sertifikat berishiga umid qilmayapti.
O'zbekistonning 2030 yilgacha rivojlanish strategiyasiga muvofiq, yangi oliy o'quv yurtlari sonini xorijiy universitetlar filiallarini hisobga olgan holda 200 taga yetkazish rejalashtirilgan. Bu Rossiya universitetlari uchun Markaziy Osiyodagi ta'lim bozoriga chiqish nuqtai nazaridan ajoyib imkoniyatlarni ochib beradi.