Estoniya parlamentariysi O'zbekistondagi prezident saylovlarini kuzatadi
2021 yil 21 oktyabr | Tallin

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Parlament Assambleyasidagi Estoniya delegatsiyasi rahbari, hukmron "Islohotlar" partiyasidan mamlakat parlamenti deputati Mati Raidma O'zbekiston Prezidenti saylovida kuzatuvchi bo'ladi.
Bu haqida Estoniya parlamenti idorasi saylov joriy yilning 24-oktabr, yakshanba kuni bo'lib o'tishini ta'kidlab o'tdi.
So'nggi yillarda O'zbekistonda qator islohotlar amalga oshirildi va bo'lajak saylovlar ularning amalda qanday ishlayotganini ko'rsatish imkonini beradi.
Mati Raidma
Estoniya Respublikasining Ritgikogu a'zosi
Uning fikricha, O'zbekistonga ko'plab xalqaro kuzatuvchilar kelishi xalqaro hamjamiyat O'zbekistonni va bu mamlakat xalqini demokratik taraqqiyot yo'lida qo'llab-quvvatlashga tayyor ekanidan dalolat beradi. O'zbekistondagi saylovni kuzatish missiyasida jami 300 dan ortiq kuzatuvchi ishtirok etmoqda.

O'zbekiston Prezidenti lavozimiga 5 nafar nomzod, jumladan, amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev da'vogarlik qilmoqda.