Tomonlar qit'aning turli mamlakatlarida amalga oshirilayotgan Kengashning loyiha va dasturlarini
muhokama qildilar. Xanchjou shahrida (2022-yil sentabr, Xitoy) XIX Osiyo oʻyinlariga, Shantou shahrida (Xitoy) III Osiyo yoshlar oʻrasidagi oʻyinlari va 2025-yilda Toshkentda (Oʻzbekiston) boʻlib oʻtadigan IV oʻsmirlar Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik haqida toʻxtab oʻtildi.
Bundan tashqari, OOKning 40-Bosh assambleyasida qabul qilingan qarorlar: Yopiq inshootlarda va jang sanʼatlari boʻyicha VI Osiyo oʻyinlarini oʻtkazish joyi sifatida Saudiya Arabistonini tanlash, 2029-yilda Pnompenda oʻtkaziladigan yoshlar oʻrtasidagi V Osiyo oʻyinlariga mezbon davlat sifatida Kambodjani tanlash masalalari muhokama qilindi. OOKning Xotin-qizlar va sport masalalari qo'mitasi nomini Gender tengligi qo'mitasiga o'zgartirish masalasiga alohida e'tibor qaratildi.
Yig'ilishda BAA MOQ Bosh kotibi Muhammad bin Sulayim, BAA MOQ ma'muriy masalalar bo'yicha bosh kotibining yordamchisi Azza bint Sulaymon va BAA MOQ ijrochi direktori Muhammad bin Darvish ishtirok etishdi.