URA.RU ekspertlarining fikricha, ikki davlat oʻrtasidagi jiddiy yaqinlashuv Mirziyoyevning yangi muddatga qayta saylanganidan soʻng bu kabi ilk tashrifi boʻlganidan dalolatdir.
Ikki tomonlama uchrashuv oldidan 17-noyabr kuni Rossiya va O'zbekiston o'rtasidagi mintaqalararo hamkorlik forumi bo'lib o'tdi. U yerda Putin O'zbekiston tashqi savdo aylanmasida Rossiya ikkinchi (Xitoydan keyin) o'rinda ekanini aytdi. Iqtisodiy hamkorlik esa kuchayib bormoqda. Rossiyalik ishbilarmonlar O'zbekistonda 14 milliard dollarlik 150 ta investitsiya loyihasini amalga oshirmoqda. "Oʻzbekistonlik hamkorlarning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi faoliyati bilan yaqindan bogʻlanishi oʻzaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirish uchun yaxshi istiqbollarni ochadi", — deya qoʻshimcha qildi prezident.
Putin oʻzbekistonlik hamkasbi bilan uchrashuvda iqtisodiy masalalarga ham alohida eʼtibor qaratdi. Lekin avvaliga uni quchoqlab, 24-oktabr kuni bo'lib o'tgan prezidentlik saylovidagi g'alabasi bilan tabrikladi. "Siz ishingizni yaxshi uddalayapsiz. Ishonch bilan olg'a intilasiz, yurtni ko'tarasiz, natija ham bor. Odamlar buni ko'rib turibdi, shuning uchun ular (saylovlarda 80,3%) so'nggi yillarda qilgan ishlaringizga munosabat bildirishdi ", — dedi Putin. Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Oʻzbekiston "nafaqat eng yaqin qoʻshni, balki ittifoqchi ham" ekanini taʼkidladi.