Muxametshin: O'zbekiston raqamli saylovlarga o'tishdan manfaatdor
2021 yil 24 oktyabr | Moskva

Rossiya Federatsiya Kengashi Xalqaro ishlar qo'mitasi raisi o'rinbosari, MDH Davlatlarining parlamentlararo assambleyasi delegati Farit Muxametshin Sputnik O'zbekiston bilan suhbatda saylovlarni kuzatishning nyuanslari va ularning xolisligini baholash mezonlari haqida gapirdi.
O'zbekiston Prezidenti saylovini kuzatish jarayoniga missiyaning tayyorgarligi qanday kechdi?
— MDHda bizda Xalqaro monitoring instituti bor, shuning uchun saylovni kuzatish ikki bosqichda o'tkazildi. Birinchisi, institut mutaxassislari tashrif buyurib, O'zbekiston saylov qonunchiligi bilan tanishdi. O'zbekistonga safar qilganimizda, mutaxassislarimiz O'zbekiston qonunchiligining xalqaro standartlariga muvofiqligi haqida o'z fikrlarini bildirishdi. Ikkinchi bosqich - qisqa muddatli kuzatish. Uch kundan beri O'zbekistondamiz, o'z nomzodini ilgari surgan partiyalarning dasturlari bilan tanishdik. Boshqacha qilib aytganda, saylovlar qanday tashkil etilishi haqida tasavvurga ega edik.

— Qancha saylov uchastkasida bo'lishga muvaffaq bo'ldingiz va kimlar bilan muloqot qildingiz?
— Tahririyatingizga sakkizinchi uchastkadan keldik. Rejaga ko'ra, bizda yana bir nechta uchastka bor. Bugun kechqurun men hamkasblarim bilan umumiy xulosani ishlab chiqish uchun yig'ilish qilaymiz, bu haqida ertaga Markaziy saylov komissiyasida o'tkaziladigan matbuot anjumanida e'lon qilinadi.
Lekin hozirdanoq saylov qonunchiligidagi sezilarli o'zgarishlarni qayd etishimiz mumkin. Saylov uchastkalarida bo'lganimizda esa uchastka saylov komissiyalari a'zolarining qanday shodlik kayfiyati borligini sezmay ilojimiz yo'q. Prezident saylovlari aholi uchun haqiqiy bayramga aylandi. Men ko'plab kuzatuvchilar, xususan, xalqaro hamkasblarimiz bilan gaplashdim va biz saylovda saylovchilarning faolligi yuqori bo'lishini kutmoqdamiz. Saylovchilar bilan, xususan, faxriylar bilan shaxsan suhbatlashdim. Har kimning aytadigan gapi, solishtiradigan narsasi bor. Har bir inson yaxshi kayfiyatda va erishilgan yutuqlarga qaramay, kelgusi yillarda yanada katta o'zgarishlarga umid qilmoqda. Saylovchilar siyosiy partiyalarning barcha dasturlarida umumiy yondashuvlarni ko'rishadi - bu yangi O'zbekistonning yaratilishi, iqtisodiy o'sish, qashshoqlikni bartaraf qilish, ekologik muammolarni hal qilish va boshqalar.
Farit Muxametshin
Rossiya Federatsiyasi Federatsiya Kengashining xalqaro ishlar bo'yicha qo'mitasi raisining o'rinbosari
Fikringizcha, MDHning boshqa davlatlari qatori O'zbekistonda ham saylov uchastkalari ishini tashkil etishdagi asosiy farqlar nimada?
— Saylov jarayonidagi o'zgarishlar, masalan, Rossiyada, xususan, dastlabki ovoz berishda, elektron ovoz berish bilan bog'liq. Bu ishning ayrim jihatlari ayni damda eksperimental holda. O'zbekistonning MSK vakillari bilan suhbatlashganimizda, bizni yanada takomillashtirish istagi, xususan, jarayonlarni raqamli tekislikka o'tkazish haqida gap ketayotgani haqida gapirildi.

Saylov jarayonini baholashning xolisligi uchun asosiy talablar qanday?

Bu asosiy savol. MDH Parlamentlararo assambleyasi doirasida kuzatuvchilarga belgilangan nizom quyidagi talabni o'z ichiga oladi: biz saylov tugaguniga qadar ularning qonun hujjatlariga mos kelishi, saylov uchastkalari qanday tashkil etilgani, komissiya qanday ishlagani, ovoz berish qanday o'tganiga baho bera olmaymiz.

Agar qo'pol qoidabuzarliklar aniqlangan bo'lsa, biz saylov komissiyasiga telefon orqali xabar berishimiz, uni choralar ko'rish yoki umumlashtirish uchun MSKga yoki MDH bo'yicha kotibiyatimizga yuborishimiz mumkin. Bu ham xolis. Shaxsiy fikrlar, masalan, saylov jarayoni yoki saylovchilar haqida ochiq aytilmasligi kerak. Saylov, referendum va hokazo jarayonlar bilan bog'liq tajribaga ega bo'lgan ekspert sifatida biz shunchaki kuzatamiz. Bundan tashqari, saylov uchastkalarini yopishda ham ishtirok etishimiz mumkin. Shu bois yakuniy fikrimiz bugun kechqurun shakllantiriladi va ertangi matbuot anjumanida kuzatuvchilarning umumiy fikri sifatida e'lon qilinadi.