Eslatib o'tamiz, iqtisodiyotning barcha sohalariga texnologiyalarni keng joriy etishni jadallashtirish, inson kapitali, ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish maqsadida qabul qilingan 2022-2026-yillarda O'zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasida asosiy maqsad sifatida Respublikamizni Global Innovation Index bo'yicha 56 yetakchi davlatlar qatoriga kiritish.
Global Innovation Index AQShning Kornel universiteti, Fransiyaning INSEAD biznes maktabi va Jahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan tadqiqotdir. U 81 ko'rsatkichdan iborat bo'lib, iqtisodiy rivojlanishning turli darajalarida joylashgan mamlakatlarning innovatsion rivojlanishini tavsiflaydi. Reyting Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 2019-yilning 19-dekabrida qabul qilingan Barqaror rivojlanish uchun fan va texnologiyalar bo'yicha rezolyutsiyada qayd etilgan.